"Roma" va hujumchi Paulo Dibala yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, argentinalik 32 yoshli futbolchi Rim klubi bilan yangi mehnat shartnomasi bo'yicha to'liq kelishuvga erishgan. Endi tomonlar faqat shartnomaga imzo chekishlari qoldi.
Yangi bitim 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Manba ma'lumotiga ko'ra, Dibalaning soliqlardan keyingi yillik maoshi taxminan 3 million yevroni tashkil etadi. Shuningdek, shartnomada turli bonuslar ham ko'zda tutilgan.
Ma'lumot uchun, Dibala so'nggi to'rt mavsumdan buyon "Roma" sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu vaqt davomida u 140 ta uchrashuvda maydonga tushib, 45 ta gol urdi va 30 ta golli uzatmani amalga oshirdi.