«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand «Arsenal»ga Markus Reshford atrofidagi noaniq vaziyatdan foydalanib, angliyalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishni tavsiya qildi.
«Agar menga qolsa, Reshfordni o‘z jamoamga albatta olardim. Agar uni 46 million yevroga sotib olish imkoni bo‘lsa, bir zum ham o‘ylab o‘tirmasdim», — dedi Ferdinand o‘zining YouTube kanalida.
Ma’lumot uchun, Markus «Barselona»dagi muvaffaqiyatli ijaradan keyin Kataloniya klubiga to‘liq o‘tishni umid qilgan edi. Biroq «ko‘k-anorranglilar» boshqa variantni tanlab, «Nyukasl»dan Entoni Gordonni o‘z safiga qo‘shib oldi.