Live
2
O'zbek

JCHda ishtirok etgan JAR milliy jamoasi a’zosi hayotdan ko‘z yumdi

Futbol
11 iyul, 09:42
«Mamelodi Sandauns» klubi futbolchisi Jeyden Adams 25 yoshida vafot etdi.
JCHda ishtirok etgan JAR milliy jamoasi a’zosi hayotdan ko‘z yumdi
Foto: Getty Images

JAR milliy jamoasi va «Mamelodi Sandauns» klubi vakili Jeyden Adams 25 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. O‘lim sabablari ochiqlanmayapti.

Adamsning murabbiyi Brendin Jonson futbolchi oilasi nomidan murojaat qilib, marhumga yaqin bo‘lgan barcha insonlarning chuqur qayg‘usini izhor etdi.

«Hozir xotiramda hammasi, jarohat juda yangi. Oila a’zolari hozir ularni bezovta qilishlarini istashmayapti — ular shunchaki biror kim bilan gaplashadigan holatda emas. Bu o‘lim barchani larzaga soldi: u endigina jahon chempionatidan qaytgandi — endi esa bunday yangilik… U yo‘lida davom ettirishni niyat qilgandi. Vaqtini zoye ketqizmasdi, uyda, oilasi davrasida bo‘lishga harakat qilardi. Ha, u hayotdan ko‘z yumganini tasdiqlayman. Hech kim bunday bo‘lishini kutmagandi», — deya Jonson so‘zlaridan iqtibos keltirdi Soccer Laduma.

Ma’lumot uchun, Jeyden Adams jahon chempionatining guruh bosqich 3 o‘yinida ham maydonga tushgandi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar