Bu haqda madridliklar o‘zining rasmiy sayti orqali xabar berdi.
Madrid «Atletiko» klubi Lissabonning «Sporting» klubi yetakchisi Morten Yulmannni o‘z safiga qo‘shib oldi.
Futtbolchi yangi jamoasi bilan 2031-yilning 30-iyunigacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
Daniya milliy jamoasi a’zosi 2023-yil yozidan buyon Portugaliya klubi sharafini himoya qilib kelayotgandi. Lissabonliklar safida u 141 ta o‘yinda maydonga tushdi, ikki marta mamlakat chempionligini va bir marta Portugaliya Kubogini qo‘lga kiritdi.
Jumladan o‘tgan mavsum Morten Portugaliya chempionatida 27 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol urgan va 4 ta assist amalga oshirgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi