Argentina milliy jamoasi himoyachisi Lisandro Martines hakamlar mundialda Argentina milliy jamoasi foydasiga qarorlar qabul qilyaptimi, degan savolga munosabat bildirdi. Chorakfinalda amaldagi jahon chempionlari Shveysariya milliy jamoasi bilan o‘ynaydi.
«Aytadigan hech narsa yo‘q. Sizlar (OAV – tahrir izohi) shunday munozaralarni yaratyapsizlar. Biz esa maydonda 100% o‘zimizni ayamay o‘ynashimizga e’tibor qaratyapmiz», – deya Martinesning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Diario AS.
Ma’lumot uchun, Meksika, Kanada va AQSHda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionati-2026 19-iyulgacha davom etadi. Argentina milliy jamoasi amaldagi chempion hisoblanadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi