Londonning "Chelsi" klubi "Real" vingeri Vinisius Junior bilan bog'liq vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Braziliyalik futbolchining vakillari APLning 5 ta klubiga Vinisius Angliyada faoliyatini davom ettirish ehtimolini istisno qilmasligini ma'lum qilgan. Ma'lum qilinishicha, qiziqish bildirgan bir nechta klub bilan aloqalar ham o'rnatilgan.
Agar Vinisius transfer bozorida sotuvga qo'yilsa, "Chelsi" yirik transferni amalga oshirish imkoniyatini ko'rib chiqishga tayyor. Avvalroq "Manchester Yunayted" braziliyalik vinger uchun 120 million yevro taklif qilishga tayyor ekani ma'lum qilingan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi