O'zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Sherzod Temirov Iroqning "Zaho" klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Temirov yangi jamoasi bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekkan. Futbolchi o'tgan mavsumni "Arbil" safida o'tkazib, 28 ta gol bilan chempionat to'purari bo'lishga muvaffaq bo'lgan edi.
Ma'lumot o'rnida, "Zaho" o'tgan mavsum Iroq chempionatida 53 ochko to'plagan holda 9-pog'onadan joy olgan edi. Jamoa 38 o'yinda 14 g'alaba, 11 durang va 13 mag'lubiyat qayd etgan.
Avvalroq misrlik jurnalist Temirov "Al Ahli"ning asosiy transfer maqsadlaridan biri ekanini aytib o'tgan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi