Live
6
O'zbek

Vitsel: «Jamoa kelajagidan xavotir olmayapman»

Futbol
11 iyul, 07:06
Belgiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi jamoa kelajagi borasida fikrlarini bildirdi.
Vitsel: «Jamoa kelajagidan xavotir olmayapman»
Foto: Getty Images
10.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya 2 : 1 Belgiya Belgiya

Belgiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Aksel Vitsel jamoa kelajagi haqida fikrlarini bildirdi.

Belgiyaliklar Ispaniyaga mag‘lub bo‘lib, jahon chempionati-2026dagi ishtirokini 1/4 finalda yakunladi.

«Ehtimol, biz musobaqani keragidan ortiq ehtiyotkorlik bilan boshlagandirmiz, ammo sekin-asta o‘yinimiz darajasi ham oshib bordi. O‘ylashimcha, bu jahon chempionatidan mana shu narsani o‘zimiz uchun qayd etib o‘tishimiz mumkin. Men xavotir olmayapman. Jamoani porloq kelajak kutmoqda», – deya Vitsel so‘zlaridan iqtibos keltirdi FIFA rasmiy sayti.

37 yoshli yarimhimoyachi uchun Ispaniyaga qarshi o‘yin milliy jamoa safidagi 140-bo‘ldi. Aksel 12 ta gol urgan va 8 ta golli uzatma yetkazib bergan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH, Kanada va Meksikada davom etayotgan jahon chempionati 19 iyul kuni yakunlanadi. Amaldagi jahon chempioni Argentina milliy jamoasi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Belgiya Belgiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar