Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente 2026 yilgi jahon chempionati chorakfinal bosqichi doirasidagi Belgiya qarshi o'yin (2:1)dan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
O'yin natijasi haqida
"Bu har qanday vaziyatda ham jamoamizning xarakteri qanday ekanini ko'rsatadi. Men yana bir bor shunday o'sish va yanada kuchayishga intiladigan jamoaga boshchilik qilayotganimdan faxrlanaman.
Biz yirik hisobda g'alaba qozonish uchun yetarli darajada ham ko'proq ish qildik. G'alaba qozonish qanchalik qiyin ekanini ham tushunish kerak".
G'alaba golini urg'an Mikel Merino haqida
"U juda ko'p xislatlarga ega. Mikel istalgan milliy jamoa yoki klubda o'ynay olardi. U bizning jamoamiz va o'yin tizimimizga to'la mos keladi.
Biz yaxshi bilamizki, qachon Merinoga ehtiyoj sezsak, u doimo yonimizda bo'ladi".
Yarimfinal bosqichidagi Fransiya qarshi o'yin haqida
"Biz Fransiyani mag'lub etish uchun ko'p mehnat qilamiz. Ular ham huddi shunday ruhiyatda bo'ladi. Biz dunyoda Fransiyani ketma-ket ikki marta mag'lub eta oladigan yagona jamoamiz", — dedi de la Fuente Teledeporte nashriga bergan intervyusida.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi