Live
6
O'zbek

Yamal: "Hali hech bir jamoa biz bilan tengma-teng o'ynay olmadi"

Futbol
11 iyul, 00:30
Lamin Belgiya qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Yamal: "Hali hech bir jamoa biz bilan tengma-teng o'ynay olmadi"
Foto: Getty Images
10.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya 2 : 1 Belgiya Belgiya

Ispaniya milliy jamoasi vingeri Lamin Yamal 2026 yilgi jahon chempionati chorakfinal bosqichi doirasidagi Belgiya qarshi o'yin (2:1)dan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Biz yana yarim finalga chiqqanimizdan juda xursandmiz. Biz bu yerga ancha vaqtdan beri intilib kelmoqdamiz va endi oxirigacha borishni xohlaymiz. Bu g'alaba va keyingi bosqichga chiqqanimizdan juda mamnunmiz.

Menimcha, biz raqibdan ancha kuchliroq edik. Ha, o'tkazib yuborilgan gol g'alati taassurot qoldirdi, chunki u aynan biz o'yinni to'liq nazorat qilayotgan paytda sodir bo'ldi. Lekin futbol shunaqa.

Balki kimgadir bizning o'yinimiz juda ham chiroyli tuyulmas, ammo haqiqat shuki, hali hech bir jamoa biz bilan tengma-teng o'ynay olmadi.

Menimcha, agar kimdir qo'rqishi kerak bo'lsa, bu Fransiya bo'lishi lozim. Aynan biz o'tgan yili ularni Millatlar Ligasidan chiqarib yuborgandik.

Albatta, dunyoning ikki buyuk milliy jamoasi o'zaro to'qnash keladi. Mening fikrimcha, bu hozirgi paytdagi eng kuchli ikki jamoa.

Endi maydonda nima bo'lishini ko'ramiz, ammo bizda hech qanday qo'rquv yo'q", — dedi Yamal.

Ma'lumot o'rnida, mundial yarim final bosqichida ispaniyaliklar Fransiya milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 14 iyul kuni bo'lib o'tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Belgiya Belgiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

335+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar