Angliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel jahon chempionati doirasidagi o‘zaro bahs oldidan Norvegiya milliy jamoasi markaziy hujumchisi Erling Holand haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Unga alohida e’tibor qaratiladi. Bunday hujumchiga qarshi yaxshi himoyalanish uchun bor kuch-mahoratingizni ishga solish zarur. Barchaga kundek ravshan, odatda Xoland uzoq burchakda paydo bo‘lishni xush ko‘radi. Biz jamoaviy sifatli o‘yin ko‘rsatishimiz talab etiladi, himoyachilarimiz e’tibori Erlingga qaratiladi», - deya germaniyalik murabbiy so‘zlaridan iqtibos keltirdi The Telegraph.
Eslatib o‘tamiz, ushbu mundialda Holand 7 ta gol urib ulgurdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi