Angliya milliy jamoasi himoyachisi Jarell Kuansa JCH-2026 1/8 finalidan o‘rin olgan Meksikaga (3:2) qarshi o‘yinda qizil kartochka olgani uchun ikki bahsga diskvalifikatsiya qilindi.
Yoshli futbolchi raqib himoyachisi Xesus Galyardonning oyog‘iga xavfli tarzda podkat bilan zarba bergani uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka olgan. Hakem Alirizo Fag‘oniy videotakrorni ko‘rib chiqqanidan so‘ng inglizlar a’zosini maydondan chetlatgandi.
FIFA Kuansani «o‘yinni qoidalarini jiddiy ravishda buzgan» uchun ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qildi. Shu tariqa himoyachi Angliyaning Jahon chempionati chorakfinalidagi Norvegiyaga qarshi bahsini, shuningdek, ehtimoliy yarimfinal bellashuvini ham o‘tkazib yuboradi.
Meksika bilan bahsda chetlatilgan Kuansa ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi
Futbol
9 iyul, 16:10
Himoyachi Angliya JCH finaliga chiqqan taqdirdagina maydonga tushishi mumkin.
Foto: Getty Images