Bugun
28
O'zbek

2030 yilgi qishki Olimpiya o'yinlari dasturidagi o'zgarishlar ma'lum qilindi

Boshqa sportlar
9 iyul, 17:40
Yangi sport turlari qo'shildi, chang'i ikki kurashi esa dasturdan chiqarildi.
2030 yilgi qishki Olimpiya o'yinlari dasturidagi o'zgarishlar ma'lum qilindi
Foto: Getty Images

Fransiyadagi Alp tog'larida o'tadigan 2030 yilgi qishki Olimpiya o'yinlari tashkiliy qo'mitasi musobaqa dasturidan o'rin olgan sport turlarini e'lon qildi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.

Unda bir qator yangi sport turlari va dasturlari o'yinlar taqvimidan o'rin olgan bo'lsa, chang'i ikki kurashi sporti Olimpiya o'yinlaridan chiqarildi.

Yangi qo'shilgan sport turlari:
Chang'i sporti – frirayid;
Snoubord – frirayid;
Sinkron figural uchish.


Yangi qo'shilgan dasturlar (medallar jamlanmalari):
Biathlon – aralash yakkalik estafetasi;
Konki yugurish – erkaklar jamoaviy sprinti;
Konki yugurish – ayollar jamoaviy sprinti;
Fristayl – aralash jamoaviy ski-kross;
Snoubord – aralash jamoaviy parallel bahslar;
Tramplindan sakrash – ayollar jamoaviy musobaqasi;
Ski-alpinizm – erkaklar individual poygasi;
Ski-alpinizm – ayollar individual poygasi;
Ski-alpinizm – erkaklar sprinti;
Ski-alpinizm – ayollar sprinti;
Ski-alpinizm – aralash estafeta.


Dasturdan chiqarib yuborilgan sport turi:
Chang'i ikki kurashi.

Bugungi yangiliklar