"Nottinghem Forest" Jota Silvani yana ijaraga berdi.
Angliya klubi 26 yoshli vingerni bir mavsumga "Olimpiakos"ga yubordi. Shuningdek, Gretsiya vitse-chempionida portugaliyalik futbolchini sotib olish huquqi bor.
Jota o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Beshiktosh"da ijarada o'tkazib, Turkiya Superligasida 18 o'yinda 4 ta gol urgandi.
Hujumkor o'yinchi faoliyati davomida "Vitoriya Gimaraynsh", "Kasa Pia" kabi jamoalarda ham to'p tepgan.
Jota Silva "Olimpiakos"ga o'tdi
Futbol
9 iyul, 16:55
"Nottinghem Forest" portugaliyalik vingerni yana ijaraga berdi.
Foto: Getty Images