UFC'ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni, irlandiyalik Konor Makgregor yarim o‘rta vaznning amaldagi chempioni Islom Maxachevni Habib Nurmagomedovdan yuqori baholashini bildirdi.
«U Habibdan yuqorida. Muddatidan oldin qo‘lga kiritgan g‘alabalari soni, erishgan yutuqlari va ikki vazn toifasidagi chiqishlarini hisobga olsak, albatta, shunday.
Ammo qarang, u hali ham faoliyat olib bormoqda. Hali ham jang qilmoqda. Ko‘pchilik boshqalarning fikriga osongina ergashib, unga faoliyatini yakunlash vaqti kelganini ishora berib tanqid qiladi. Men esa bu yigitda hali juda katta salohiyat bor, deb hisoblayman. Juda ko‘p. Uning o‘zi ham buni anglab, faoliyatini davom ettirishi kerak», — dedi Makgregor YouTube'dagi Re-Rank podkastida.
Makgregor Maxachevni Habibdan ustun qo‘ydi
MMA
9 iyul, 16:35
Irlandiyalik sobiq chempionning fikricha, Islomda juda katta salohiyat bor.
Foto: Getty Images