Jahon chempionatida chorakfinal bosqichi boshlandi.
Birinchi juftlikda Fransiya Marokashga qarshi maydonga tushib, Mbappe va Dembelening gollari evaziga ishonchli g‘alabaga erishdi. Fransuzlar yetakchisi dublga erishishi ham mumkin edi, ammo uning penaltidan bergan zarbasini mag‘ribliklar posboni Bunu bartaraf etdi.
Desham jamoasi yarimfinalda Ispaniya — Belgiya juftligi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.
JCH-2026. 1/4 final
Fransiya — Marokash 2:0
9 iyul. Foksboro
Gollar: Mbappe (60), Dembele (66).
Foydalanilmagan penalti: Mbappe (28).
Fransiya — Menyan, Kunde (Gusto, 87), Upamekano, Saliba, Din, Kone (Zair-Emeri, 71), Rabio, Dembele, Olise, Due (Barkolya, 77), Mbappe (Mateta, 77).
Marokash — Bunu, Hakimi, Diop, Mazraui, Saloh-Eddin (Al Uahdi, 74), Buaddi (Amrabat, 62), Al Aynaui, Unai, Talbi (Sbai, 85), Dias (Yosin, 74), Al Hannus (Rahimi, 62).
Ogohlantirish: Diop (63).
JCH-2026. Fransiya Marokashni ishonchli tarzda mag'lub etib, yarimfinalga yo'l oldi
Futbol
9 iyul, 18:02
Mbappe gol urdi, penaltidan foydalana olmadi, jarohat yoki charchoq sabab almashtirildi.
Foto: Getty Images
09.07.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Fransiya
2
:
0
Marokash
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi