Fransiya futboli afsonasi Patrik Vieyra Senegal milliy jamoasi bosh murabbiyligiga asosiy nomzodlardan biriga aylandi. Bu haqda L’Équipe xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, Senegal futbol federatsiyasi (FSF) rahbarlarining bir qismi milliy jamoa boshqaruvini aynan Viyeraga topshirish tarafdori. Hozirda jamoani Pap Tiav boshqarmoqda.
Yaqin kunlarda FSF ijroiya qo'mitasining favqulodda yig'ilishi bo'lib o'tadi. Unda Senegal milliy jamoasining 2026 yilgi jahon chempionatidagi ishtiroki tahlil qilinib, bosh murabbiy masalasi ham muhokama qilinadi.
Qayd etilishicha, Vieyraning so'nggi ish joyi "Jenoa" klubi bo'lgan.