Live
9
O'zbek

Keyn: «Qisqa muddatli vazifalar eng oliy maqsadga intilishda yordam beradi»

Futbol
11 iyul, 11:36
Inglizlar sardori ishga yondashuvi haqida gapirib o‘tdi.
Keyn: «Qisqa muddatli vazifalar eng oliy maqsadga intilishda yordam beradi»
Foto: Getty Images

Angliya milliy jamoasining sardori Harri Keyn 32 yoshida mahorat darajasi va motivatsiyani qanday saqlab qolishi haqida gapirdi.

«Istalgan faoliyat davomida sizda kichik motivatsiyalaringiz, maqsad va vazifalaringiz bo‘lishi kerak. Men bir oy yoki 6 haftalik tanaffus olishni yoqtiraman, qancha maqsadlarga erishishim mumkinligini ko‘raman va butun mavsum davomida oldimga kichik maqsadlar qo‘yaman. Hech kimga sir emas, ortda qolgan mavsum bu borada muvaffaqiyatli bo‘ldi. Aynan shu narsa menda mukammallikka intilishni, qisqa vaqt ichida qanchalik oldinga siljiy olishimni ko‘rish uchun eng yuqori darajaga qarab intilish uchun kuch beradi», — deya Keyn so‘zlaridan iqtibos keltirdi The Touchline.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar