Live
2
O'zbek

«Manchester Siti» norvegiyalik 35 yoshli kiperni o'z safiga qo'shib olmoqchi

Futbol
11 iyul, 12:51
Shuningdek, Nylanga «Leeds» ham qiziqish bildirmoqda.
«Manchester Siti» norvegiyalik 35 yoshli kiperni o'z safiga qo'shib olmoqchi
Фото: Getty Images

Norvegiya milliy jamoasi darvozaboni Eryan Nyulan faoliyatini «Manchester Siti»da davom ettirishi mumkin.

The Sun nashri xabar berishicha, «shaharliklar»ning yangi bosh murabbiyi Enzo Mareskaning shaxsan o'zi 35 yoshli posbonni o'z jamoasida ko'rishni istamoqda. Shuningdek, Nyulanga «Lids» ham qiziqish bildirmoqda.

«Siti» ehtimoliy transferni amalga oshirish orqali Jianluiji Donnarummaga ishonchli zaxirani tayyorlashni rejalashtirmoqda.

Ma'lumot o'rnida, Nyulan shu yozda «Sevilya» klubini erkin agent maqomida tark etgan. U o'tgan mavsum andalusiyaliklar tarkibida jami 7 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar