«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holandning ilk murabbiyi Ingve Berntsen futbolchining bolalik davri haqida so'zlab berdi.
«U juda nimjon bola edi. Shu sababli bu kamchiligini aql-zakovati bilan qoplashga harakat qilardi. Ammo men uning kelajakda kuchli futbolchiga aylanishiga ishonganman.
Erling to'g'ri ovqatlanish va uyqu kabi jihatlarga juda katta qiziqish bildirardi. U 12 yoshga to'lganida biz unda kelajak yulduzi bo'lish salohiyati borligini anglay boshlagandik», — deya Berntsendan iqtibos keltiradi derbyderbyderby.it.
Eslatib o'tamiz, Ingve Berntsen Holandning faoliyatidagi ilk murabbiylardan biri bo'lib, uni Norvegiyaning «Bryune» klubida shug'ullantirgan. Hozirda Erling Holand Angliyaning «Manchester Siti» klubi safida to'p tepmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi