Live
2
O'zbek

Peruda 500 nafardan ortiq chaqaloqqa Holand sharafiga ism qo'yildi

Futbol
11 iyul, 13:46
Norvegiyalik hujumchining JCH-2026dagi yorqin o'yini mamlakatda katta qiziqish uyg'otdi.
Peruda 500 nafardan ortiq chaqaloqqa Holand sharafiga ism qo'yildi
Foto: Getty Images

Peruda 500 nafardan ortiq yangi tug'ilgan chaqaloqqa Norvegiya milliy jamoasi hujumchisi Erling Holand sharafiga ism qo'yildi.

Mamlakatning shaxsni identifikatsiya qilish milliy reyestri ma'lumotlariga ko'ra, 468 nafar bolaga Holand, yana 91 nafariga esa Erling Holand ismi berilgan.

Qayd etilishicha, bunday ismlar soni asosan JCH-2026 boshlanganidan keyin keskin oshgan. Ayniqsa, Norvegiya milliy jamoasi tarixda ilk bor Jahon chempionati chorakfinaliga chiqqach, bu ko'rsatkich yanada ortgan.

25 yoshli Holand mundialning 4 ta bahsida 7 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. U 1/8 finalda Braziliyaga qarshi o'yinda dubl qayd etib, Norvegiyaning tarixiy natija qayd etishiga katta hissa qo'shdi.

Shuningdek, Peruda 3 402 kishi Messi nomi bilan ro'yxatdan o'tgan bo'lib, ulardan 292 nafari Lionel Messi to'liq ismiga ega. Bundan tashqari, 1 185 kishiga Krishtianu Ronaldu, 1 241 kishiga Lamin Yamal, 33 809 kishiga esa Neymar sharafiga ism qo'yilgan.

Bugungi yangiliklar