Shveytsariya milliy jamoasi bosh murabbiyi Murat Yakin jahon chempionati chorakfinali doirasida Argentinaga qarshi uchrashuv haqida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
«Ha, bizda bir nechta rejalar bor. Maydonda jamoa boʻlib toʻgʻri harakat qilishga intilamiz. Albatta, amaldagi jahon chempioni boʻlgan Argentinaga qarshi yuqori pressing qoʻllashga ham harakat qilamiz. Ular ham maydonda oʻz vazifalarini eng yaxshi tarzda bajarishga intiladi.
Koʻp gapirish mumkin, ammo barchasini maydonda isbotlash kerak. Bizda bu oʻyin uchun oʻz yechimlarimiz tayyor», — dedi Yakin Clarin nashriga bergan intervyusida.
Eslatib oʻtamiz, bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 06:00da start oladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi