Jahon chempionatining chorakfinalidan oʻrin olgan Norvegiya va Angliya milliy jamoalari oʻrtasidagi bahs chiptalari avtonomik narxlarda sotilmoqda. Bu haqida Sky News telekanali xabar berdi.
Manbaga koʻra, ayrim chiptalarning narxi 1 million dollarga yetgan. Bu chiptalarni FIFA'ning maxsus qayta sotuv platformasi orqali xarid qilish mumkin.
Qayd etilishicha, dastlab sotuvga qo'yilgan ikkita chiptaning asl narxi 1285 dollarga teng bo'lgan. Hozirga kelib uning qiymati 1 million dollarga baholanmoqda.
Shuningdek, platformada xuddi shu toifadagi nisbatan arzonroq bo'lgan chiptalarni 5 ming dollarga ham topish mumkin bo'ladi.
Ma'lumot uchun, oʻyin Toshkent vaqti bilan soat 02:00da start oladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi