Jahonning yettinchi raketkasi, amerikalik tennischi Teylor Frits 18 yoshli ispan futbolchisi Lamin Yamalning jahon chempionati-2026dagi o‘yiniga hazilomuz tarzda munosabat bildirdi.
«Yamal degan yigit yomon emas ekan… Fikrimcha, uning MLSda (Amerika futbol ligasi, Yevropaning top chempionatlariga qaraganda darajasi pastroq. — tahrir. izohi) o‘ynash imkoniyati bor, agar u o‘sishda davom etsa.
Mayli, hazillashdim, agar tushunmagan bo‘lsangiz, bu shunchaki klikbeyt edi», — deb yozdi Frits o‘zining ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Kecha, 10 iyul kuni, Yamal JCH-2026 1/4 final bosqichida Ispaniya — Belgiya o‘yinining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Ma’lumot uchun, Ispaniya milliy jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, yarimfinalga yo‘l oldi.