«Nyukasl» klubi «Manchester Siti» darvozaboni Jeyms Traffordni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Chronicle xabar berdi.
Manbaga ko'ra, «qarg'alar» angliyalik 22 yoshli futbolchi transferini amalga oshirish imkoniyatini oshirgan. Bunga «Aston Villa»ning Traffordga bo'lgan qiziqishini susaytirib, asosiy e'tiborini Emiliano Martinesni jamoada olib qolishga qaratgani sabab bo'lgan. Shu bilan birga, Trafford uchun kurashga «Chelsi» ham qo'shilishi mumkin.
O'tgan mavsumda Jeyms barcha turnirlarda 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol o'tkazib yubordi hamda 8 ta o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 25 million yevroga baholanmoqda.