Live
2
O'zbek

DFB Klopp bilan muzokaralar olib borayotganini rasman tasdiqladi

Futbol
11 iyul, 14:02
Germaniya futbol ittifoqi mutaxassisni milliy jamoa bosh murabbiyi etib tayinlash bo'yicha bayonot berdi.
DFB Klopp bilan muzokaralar olib borayotganini rasman tasdiqladi
Foto: Getty Images

Germaniya futbol ittifoqi (DFB) Yurgen Klopp bilan milliy jamoa bosh murabbiyligi borasida muzokaralar olib borayotganini rasman tasdiqladi.

DFB bayonotiga ko'ra, tashkilot prezidenti Bernd Noyendorf va vitse-prezidenti Hans-Yoaxim Vatske Nyu-Yorkda Klopp bilan dastlabki batafsil muzokaralarni o'tkazgan.

«DFB prezidenti Bernd Noyendorf va DFB vitse-prezidenti Hans-Yoaxim Vatske kecha Nyu-Yorkda Yurgen Klopp bilan Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyligi lavozimi bo'yicha ilk batafsil muzokaralarni o'tkazdi. Konstruktiv muloqot davomida tomonlar ehtimoliy shartnomaning asosiy shartlari yuzasidan kelishuvga erishdi.

Muzokaralar kelasi hafta davom ettiriladi. Tomonlar Kloppning amaldagi ish beruvchisi — Red Bull bilan kelishuvga erishilgan taqdirda muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanishiga ishonch bildirmoqda. Yakuniy qaror DFB GmbH & Co. KG kuzatuv kengashi va aksiyadorlar yig'ilishida tasdiqlanishi kerak», — deyiladi DFB rasmiy bayonotida.

Eslatib o'tamiz, Yurgen Klopp 2025 yildan buyon Red Bull kompaniyasida xalqaro futbol yo'nalishi direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yil oxirigacha mo'ljallangan. Bungacha germaniyalik mutaxassis 2015–2024 yillar davomida «Liverpul»ni boshqargan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Germaniya Germaniya
Bugungi yangiliklar