Live
9
O'zbek

Kloppning Germaniya milliy jamoasida qancha maosh olishi ma'lum

Futbol
11 iyul, 12:19
Ayni paytda bitimning so'nggi tafsilotlari kelishib olinmoqda.
Kloppning Germaniya milliy jamoasida qancha maosh olishi ma'lum
Фото: Getty Images

Germaniya futbol ittifoqi tez orada Yurgen Kloppni bosh murabbiy sifatida rasmiy tanishtiradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, nemis mutaxassisi yiliga 7 million yevro maosh olish bo'yicha kelishuvga erishgan. Bu uni xalqaro futboldagi eng yuqori maosh oluvchi milliy jamoa bosh murabbiylaridan biriga aylantiradi.

Avvalroq Germaniya futbol ittifoqi Klopp bilan 2030 yilgi jahon chempionatiga qadar mo'ljallangan shartnoma bo'yicha prinsipial kelishuvga erishgani xabar qilingan edi. Ayni paytda bitimning so'nggi tafsilotlari kelishib olinmoqda.

Eslatib o'tamiz, Klopp 2025 yildan buyon Red Bull kompaniyasida xalqaro futbol yo'nalishi bo'yicha direktor lavozimida faoliyat yuritib kelayotgani edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Germaniya Germaniya
Bugungi yangiliklar