"Rayo Valecano" himoyachisi Pep Chavarríya faoliyatini "Chelsi"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Saymon Fillips xabar berdi.
Manbaga ko'ra, London klubi ispaniyalik himoyachi uchun 17,5 million yevro atrofida yangi taklif yo'llagan.
Shuningdek, "ko'klar" futbolchining o'zi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishgan.
Biroq "Rayo Valekano" hozircha o'z pozitsiyasidan chekinmayapti. Ispaniya klubi Chavarríyaning shartnomasida belgilangan 24,6 million yevrolik tovon puli to'liq to'lanishini talab qilmoqda.
O'tgan mavsumda Pep barcha turnirlarda 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.