«PSJ» vinger Bredli Barkolyaning ehtimoliy transferi uchun 150 million yevro narx belgilagan. Bu haqda L'Equipe xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Parij klubi bir necha oydan beri 23 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Biroq Jahon chempionati sabab bu jarayon vaqtincha to'xtatilgan. Barkolyaning amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.
Qayd etilishicha, «PSJ» Ferran Torres transferi bo'yicha dastlabki kelishuvga erishgan. Biroq ispaniyalik futbolchining transferi faqat Barkolya jamoani tark etgan taqdirdagina amalga oshishi mumkin.
Fransiyalik vinger xizmatlariga «Liverpul», «Arsenal» va «Bavariya» qiziqish bildirmoqda. Parij klubi esa uni 150 million yevroga baholamoqda.
2025/26 yilgi Liga 1 mavsumida Barkolya 29 ta bahsda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.