"Manchester Siti" va Argentina milliy jamoasining sobiq hujumchisi Serxio Aguero Xulian Alvaresning kelajagi haqida fikr bildirdi.
"Alvares o‘z fikrini ochiq aytdi. Bu, ehtimol, ayrimlarning g‘azabini keltirgandir. Mening faoliyatimda ham shunday holatlar bo‘lgan. Ishonchim komilki, u hali ham "Atletiko"da qolishi mumkin. Tomonlar ochiq muloqot orqali barcha masalani hal qila oladi. Ammo avval Xulianning ruhiy holati qanday bo‘lishini ko‘rish kerak", — dedi Aguero Sport.es nashriga.
Ma'lumot uchun, Xulian o‘tgan mavsumda "matraschilar" safida barcha turnirlarda 52 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 10 ta assistni qayd etdi.
Avvalroq hujumchiga "Barselona", "Real", "Arsenal" va Yevropaning yana bir qator yirik klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.