Live
1
O'zbek

Rasman: Monga – “Manchester Siti” futbolchisi

Futbol
11 iyul, 16:04
Transfer uchun klub taxminan 11,7 million yevro to'laydi.
Rasman: Monga – “Manchester Siti” futbolchisi
Фото: Getty Images

“Manchester Siti” klubi “Lester Siti” vingeri Jeremi Monga bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Manbaga ko'ra, “shaharliklar” 17 yoshli futbolchi bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Transfer uchun klub taxminan 11,7 million yevro to'laydi.

Shuningdek, kelishuvda yana qariyb 2,9 million yevro miqdorida bonuslar ham ko'zda tutilgan.

“Menga “Manchester Siti” qiziqish bildirgani haqida eshitganimda, bu men uchun to'g'ri qadam ekanini darhol angladim. Bu yerda bo'lish men uchun katta sharaf va jamoaga qo'shilganimdan juda xursandman,” — deya Monganing so'zlarini klub matbuot xizmati keltiradi.

O'tgan mavsumda Monga “Lester” tarkibida 30 ta o'yinda maydonga tushib, bir gol urdi va ikki golli uzatma muallifi bo'ldi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 15 million yevro atrofida baholanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar