«Dinamo» jamoasi Qirg'izistonda o'tgan 11 kunlik o'quv-mashg'ulot yig'inini yakunlab Samarqandga qaytdi.
Vadim Abramov murabbiyligidagi jamoa Issiqko'ldagi yig'in yakunida nazorat bahsida maydonga tushdi. Qirg'iziston Birinchi ligasi ishtirokchisi «Namis» klubiga qarshi saf tortib, nazorat o'yinida yirik hisobda ustun keldi – 11:0.
Nazorat o'yini. Issiqko'l.
Namis - Dinamo – 0:11
Gollar: Hojimirzayev 4, 12, 34, 72, Abdurahmonov 17, 29, Obloqulov 41, Urmonjonov 56, Xalilov 63, 85, Jeparov 77.
«Dinamo» nazorat bahsida Qirg'iziston klubi darvozasiga javobsiz 11 ta gol urdi
Futbol
11 iyul, 13:34
Hojimirzayev ushbu bahsda pokerga erishdi.
Фото: Динамо ПФК