Shveytsariya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Yoxan Manzambi jarohati sabab 2026 yilgi jahon chempionati chorakfinalida Argentinaga qarshi bahsda ishtirok etmaydi.
«Afsuski, Yoxan o'ynay olmaydi. Uni tiklashga harakat qildik, ammo hozircha buning uddasidan chiqa olmadik», — dedi Shveytsariya milliy jamoasi bosh murabbiyi Murat Yakin.
Ma'lum qilinishicha, 20 yoshli Manzambi 1/8 finalda Kolumbiyaga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan mashg'ulotda tizzasidan jarohat olgan. Natijada u ushbu bahsni o'tkazib yuborgan.
Yoxan ushbu mundialda 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi. Shuningdek, u hozircha Shveytsariya terma jamoasining turnirdagi eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi.
Ma'lumot uchun, Argentina — Shveytsariya uchrashuvi 12 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:00da boshlanadi.