Live
1
O'zbek

"Manchester Yunayted" Ryersonga qiziqmoqda

Futbol
10 iyul, 15:57
Uning "Borussiya" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi.
"Manchester Yunayted" Ryersonga qiziqmoqda
Фото: Getty Images

"Borussiya D" va Norvegiya milliy jamoasi himoyachisi Yulian Ryerson faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Bild xabar berdi.

Manbaga ko'ra, ingliz klubi futbolchining vakillari bilan ehtimoliy transfer yuzasidan aloqa o'rnatgan.

Qayd etilishicha, "asalarilar" Yulianni jamoaning yetakchilaridan biri deb hisoblamoqda va unga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirgan.

Dortmundliklar norvegiyalik futbolchi uchun kamida 30 million yevro taklif qilingan taqdirdagina uni qo'yib yuborishga tayyor.

O'tgan mavsumda Ryerson barcha turnirlarda 42 ta o'yinda ishtirok etib, 18 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Uning "Borussiya" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 25 million yevro.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Borussiya D Borussiya D
Bugungi yangiliklar