Live
1
O'zbek

Edersonning «MYu»ga oʻtishi barbod boʻldi — Romano

Futbol
10 iyul, 14:51
Ederson 2022 yilning yozidan buyon «Atalanta» sharafini himoya qilib kelmoqda.
Edersonning «MYu»ga oʻtishi barbod boʻldi — Romano
Фото: Getty Images

«Atalanta» yarimhimoyachisi Edersonning «Manchester Yunayted»ga oʻtishi barbod boʻldi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga koʻra, «qizil iblislar» transfer boʻyicha rejalari oʻzgartirgan va kelishuvni bekor qilgan.

Shu bilan birga, «Atalanta» braziliyalik 27 yoshli futbolchini jamoadan saqlab qolishdan mamnun.

Avvalroq matbuotda «Manchester Yunayted» Edersonning jarohatlar tarixi tufayli transferni yakunlamayotganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib oʻtamiz, Ederson 2022 yilning yozidan buyon «Atalanta» sharafini himoya qilib kelmoqda. U oʻtgan mavsum barcha turnirlarda 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Atalanta Atalanta
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar