"Verder" klubi Avstriya milliy jamoasi darvozaboni Aleksandr Shlager bilan shartnoma imzolaganini rasman e'lon qildi.
Qayd etilishicha, 29 yoshli darvozabon jamoaga "Zaltsburg"dan ko'chib o'tdi.
"Verder"ning bir qismiga aylanganimdan juda xursandman. Muxlislar, klub va shahar bilan tezroq tanishishni intizorlik bilan kutyapman. Bu libos uchun bor kuchimni beraman va klub sharafini munosib himoya qilishga harakat qilaman. Oldinda meni kutayotgan barcha narsalardan juda hayajondaman", — dedi Shlager klub rasmiy saytiga.
O'tgan mavsumda Aleksandr barcha turnirlarda 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, shularning 7 tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Shlagerning bozor qiymati 2 million yevroni tashkil etadi.