"Lids" darvozaboni Karl Darlow "Manchester Yunayted"ga o'tish arafasida turibdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "qizil iblislar" 35 yoshli darvozabonning transferi bo'yicha kelishuvga erishgan. Darlow jamoada Semme Lammensning zahirasi sifatida faoliyat yuritishi kutilmoqda.
Shuningdek, "Manchester Yunayted"ning yana bir darvozaboni Oltay Bayindir klubni tark etishi ehtimoli yuqori ekani ta'kidlanmoqda.
Darlow o'tgan mavsum "Lids" safida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 29 ta gol o'tkazib yubordi. U shulardan 5 tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Ma'lumot uchun, Maykl Kerrik shogirdlari yangi mavsumdagi ilk uchrashuvini 22 avgust kuni "Hall Siti"ga qarshi o'tkazadi.