Live
12
O'zbek

Yens Vissing — «Al Ittihod» bosh murabbiyi

Futbol
11 iyul, 11:03
38 yoshli mutaxassis jamoa bilan ikki yillik bitim imzoladi.
Yens Vissing — «Al Ittihod» bosh murabbiyi
Фото: Getty Images

Saudiya Arabistonining «Al Ittihod» klubi bosh murabbiy sifatida Yens Vissingni tanishtirdi.

Germaniyalik 38 yoshli mutaxassis jamoa bilan ikki yillik bitim imzoladi. U ilgari Yaponiyaning «Gamba Osaka»sida ishlagan. O'tgan mavsumda Osiyo Chempionlar ligasi 2 turnirida muvaffaqiyat qozongan. Finalda «An Nasr»ni yengib, bosh sovringa ega bo'lgan.

Shu tariqa, Yens Serjiu Konseysauning o'rnini egalladi. Portugaliyalik mutaxassis avvalroq vazifasidan ozod etilgandi.

Vissing murabbiylik faoliyati davomida PSV, «Benfika» va «Zaltsburg» klublarida ishlagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al-Ittihad Al-Ittihad
Bugungi yangiliklar