Live
12
O'zbek

«Yuventus» Kessie bilan muzokaralarni boshladi

Futbol
11 iyul, 11:10
Klub Frankdan tashqari Goretzkani ham diqqat bilan kuzatmoqda.
«Yuventus» Kessie bilan muzokaralarni boshladi
Фото: Getty Images

«Yuventus» klubi ivuaralik yarimhimoyachi Frank Kessiening vakillari bilan muzokaralarni boshladi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, turinliklar erkin agentlar bozori hisobidan tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Klub Frankdan tashqari «Bavariya»ning sobiq a'zosi Leon Goretzkani ham diqqat bilan kuzatmoqda.

Futbolchi o'tgan mavsumni «Al Ahli» safida o'tkazdi. U faoliyati davomida «Atalanta», «Milan» va «Barselona» klublarida ham to'p tepgani. 2026 yildagi jahon chempionatida Kot-d'Ivuar safida 4 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol urdi.

O'tgan mavsumda «Yuventus» Italiya A Seriyasini 6-o'rinda yakunlab, Yevropa ligasining asosiy bosqichiga yo'llanma oldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar