Jahon chempionati chorakfinalidan o'rin olgan Argentina va Shveysariya jamoalari o'rtasidagi bellashuv yakuniga yetdi.
Asosiy vaqtlarda 1:1 hisobi qayd etildi. Dastlab 10-daqiqada Mak Allister hisobni ochdi. 67-daqiqada esa Ndo'ye Martinesni ojiz qoldirib, muvozanatni tikladi.
Qo'shimcha bo'limlarning ikkinchisida esa Alvares ajoyib zarbasi bilan argentinaliklarni yana hisobda oldinga olib chiqdi. So'nggi daqiqalarda esa Lautaro jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi.
Shu tariqa, amaldagi jahon chempionlari yarimfinalda Norvegiyani musobaqadan chiqarib yuborgan Angliya bilan to'qnash keladi.
JCH-2026. Chorakfinal
Argentina — Shveysariya 3:1 (qo'shimcha bo'limlarda)
Gollar: Mak Allister 10, Alvares 112, Lautaro 120+1 — Ndo'ye 67.
Argentina — Martines, Molina (Montiel 85), Romero (Otamendi 106), Martines, Talyafiko (Gonsales 78), Paredes (Lopez 110), Enso (Almada 91), Makallister, de Paul (Lautaro), Alvares, Messi.
Shveysariya — Kobel, Elvedi, Akanji, Rodriges (Jomert 90+5), Zakariya (Yashari 96), Froyler (Vargas 115), Jaka, Rider (Muheyyim 86), Sou (Vidmar 86), Ndo'ye (Amduni 86), Embolo.
Ogohlantirishlar: Embolo 44, 72 (ikkinchi sariq kartochka), Almada 97, Lisandro 98, Lopez 114.
Chetlatish: Embolo 72.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi