Bu haqda Defensa Central nashri xabar berdi.
Belgiya milliy jamoasi va Madridning «Real» klubi kiperi Tibo Kurtoa chap son to‘g‘ri mushagining jarohati tufayli 4 — 8 hafta safdan chetda qolishi mumkin, deb xabar beradi manba sport fizioterapevti Anhel Vilyanuevaga tayanib.
Ta’kidlanishicha, 34 yoshli golkiper «qaymoqranglilar»ning yangi mavsum startidagi dastlabki o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi mumkin. Ispaniya chempionati 1-turi doirasida «Real» 16-avgust kuni «Real Sosedad»ga qarshi maydonga tushishi rejalashtirilgan. Biroq jahon chempionati tufayli bahs sanasi o‘zgartirilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Kurtua jahon chempionati 1/4 final bosqichi doirasida Ispaniyaga qarshi bahsda (2:1) jarohat olib, o‘yinning 71-daqiqasida zaxiraga olingan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi