Live
3
O'zbek

Bellingham Norvegiyaga qarshi o‘yindan so‘ng jarrohlik yo‘li bilan tuzatilgan yelkasida og‘riq sezdi — AS

Futbol
12 iyul, 07:34
Angliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Norvegiyaga qarshi o‘yinda chap yelkasi bilan bog‘liq muammoga duch keldi.
Bellingham Norvegiyaga qarshi o‘yindan so‘ng jarrohlik yo‘li bilan tuzatilgan yelkasida og‘riq sezdi — AS
Foto: Getty Images
11.07.2026 AET Jahon chempionati (JCH-2026) Norvegiya Norvegiya 1 : 2 Angliya Angliya

Angliya yarimhimoyachisi Jud Bellingham 2026-yilgi Jahon chempionati 1/4 finalida Norvegiyaga qarshi (2:1) o‘yinda chap yelkasi bilan bog‘liq muammolarga duch keldi. Futbolchi OAV vakillari oldiga chiqishdan avval ham ilgari operatsiya qilingan yelkasini ushlab turganini ko‘rish mumkin edi.

Bu haqda AS xabar berdi.

Oldinroq Bellingham 2022-yildan beri, «Borussia Dortmund» safida o‘ynayotgan paytdan beri yelkasidagi og‘riqdan aziyat chekayotgani xabar qilingan edi. 2023-yilda «Real Madrid» safida «Rayo Valyekano» jamoasiga qarshi o‘yinda Bellingem yomon yiqilib, yelkasi joyidan chiqib ketgandi. Yarim himoyachi zarur jarrohlik amaliyotini 2025 yil yozigacha kechiktirgan edi. Amaliyotdan so‘ng, Bellingham 2025/2026-yilgi mavsum boshini o‘tkazib yubordi.

Eslatib o‘tamiz, Angliya milliy jamoasi Jahon chempionati yarimfinalida (15 iyul) Argentina bilan to‘qnashadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Norvegiya Norvegiya
  • Angliya Angliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar