Bu haqda TalkSPORT xabar berdi.
«Nyukasl Yunayted» vingeri Jeykob Myorfi «Everton» qiziqishiga sabab bo‘lmoqda. Liverpulliklar hujum qanotlarini kuchaytirish uchun variantlarni faol tarzda o‘rganib chiqishmoqda. Nomzzodlar ichida angliyalik futbolchi ham borligi haqida xabar berilmoqda.
Myorfining amaldagi shartnomasi yakunlanishiga bir yil qolmoqda. «Nyukasl» rahbariyati futbolchini tekinga qo‘ldan chiqarmaslik uchun uni sotib yuborishga qarshi emas.
Ma’lumot uchun, futbolchi 9-yildan buyon «Nyukasl» sharafini himoya qilib kelmoqda.
2025/2026-yilgi mavsumda Jeykob Myorfi klub safida 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma yetkazib berdi.