Konor MakGregor UFC 329 turnirida Maks Hollowayga qarshi jangda olgan tizza jarohati haqida fikr bildirdi.
«Jang oldidan menda hech qanday jarohat yo'q edi. Mashg'ulotlar davomida ham, jangdan oldingi tayyorgarlikda ham oyoq bilan zarbalar berdim, tayanch oyog'imni bosdim, sakradim. Hammasi joyida edi.
Bu esa kutilmaganda sodir bo'ldi. Hozir butunlay tushkun holatdaman. Buni faqat o'ta ayanchli deb ta'riflashim mumkin», — dedi MakGregor ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali.
Ma'lumot o'rnida, Konor Maksga qarshi jangning ilk soniyalarida tizzasidan jarohat oldi va texnik nokaut evaziga mag'lub bo'ldi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi