Argentina milliy jamoasi sardori Lionel Messi 2026 yilgi jahon chempionati chorakfinal bosqichi doirasidagi Shveytsariyaga qarshi bahs (3:1)dan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Juda keskin kurashda qo'lga kiritilgan bu g'alabadan juda xursandman. Biz bu o'yin nihoyatda og'ir va shiddatli o'tishini bilardik.
Bizni kutib turgan keyingi sinov oldidan haftani xotirjamroq o'tkazish uchun aynan shu qadamni tashlashimiz juda muhim edi", — dedi Messi.
Ma'lumot o'rnida, argentinaliklar yarimfinalda Angliya milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi