Bugun
13
O'zbek

Holand: «Angliya juda kuchli jamoa ekanini isbotladi»

Futbol
12 iyul, 02:00
Norvegiya hujumchisi Angliyaga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Holand: «Angliya juda kuchli jamoa ekanini isbotladi»
Foto: Getty Images
11.07.2026 AET Jahon chempionati (JCH-2026) Norvegiya Norvegiya 1 : 2 Angliya Angliya

Norvegiya milliy jamoasi hujumchisi Erling Holand 2026 yilgi jahon chempionati chorakfinal bosqichi doirasidagi Angliyaga qarshi bahs (1:2)dan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

— Rostini aytsam, hissiyotlar og‘ir. Biz ko‘proq narsaga loyiq edik va Angliyani mag‘lub etishga juda yaqin kelgandik degan tuyg‘u bor.

Shu bilan birga, Angliyaga qarshi chorakfinal bosqichida o‘ynab, munosib qarshilik ko‘rsatganimizdan faxrlanaman.

— Hal qiluvchi pallada hakamning ikki qarori sizlarning foydangizga bo‘lmagani nimani anglatadi?

— Aynan shunday mayda epizodlar jahon chempionati taqdirini hal qiladi. Braziliyaga qarshi o‘yinda esa biz uchrashuv taqdirini o‘z foydamizga o‘zgartira olgandik.

Bugungi o‘yin oldidan imkoniyatlar 50 ga 50 edi. Qiyin bahs bo‘ldi, Angliya juda kuchli jamoa ekanini isbotladi», — dedi Holand.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Norvegiya Norvegiya
  • Angliya Angliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh +5 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar