Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Shveysariyaga qarshi bahs (3:1)dan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Jamoamiz tarixiy natijaga erishdi. Endi keyingi o'yinga qadar tiklanishimiz kerak. Bugun omad biz tomonda bo'ldi.
Biz voqelikka to'g'ri baho berishimiz lozim, hali ishlashimiz kerak bo'lgan jihatlar bor. Raqib jismoniy jihatdan juda kuchli jamoa ekanini bilardik va aynan shu omil vazifamizni ancha qiyinlashtirdi", — dedi Skaloni.
Ma'lumot o'rnida, argentinaliklar mundial yarimfinal bosqichida Angliya milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi