Shvetsiya milliy jamoasi sobiq futbolchisi Zlatan Ibrahimovich Angliya milliy jamoasi vingeri Noni Maduekeni jahon chempionati-2026 1/4 finalida Norvegiyaga qarshi (1:2) o‘yini uchun tanqid qildi.
Ma’lumot uchun, Madueke birinchi bo‘limdan keyin zaxiraga olindi.
«O‘ylashimcha, Angliya birinchi bo‘limda bir kishi kam bo‘lib harakat qildi. Madueke maydonda edi, ammo har safar to‘pni qabul qilganida noto‘g‘ri qaror qabul qilib, boshqa payt piyoda yurdi. Tuxelning o‘rnida bo‘lganimda men ham uni alishtirgan bo‘lardim, axir 45 daqiqa mobaynida u hech nima qilmadi.
Unga hattoki suv ichib olish uchun beriladigan qisqa tanaffus ham yordam bermadi. U avval ham o‘ynagan, lekin bahsni asosiy tarkibda boshlamagandi. Shunday ekan Angliya birinchi bo‘limda bir kishi kam bo‘lib o‘ynadi», — deya Ibrahimovich so‘zlaridan iqtibos keltirdi Fox Sports.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi