Bugun
13
O'zbek

Birinchi marta JCH yarimfinalida FIFA reytingining TOP-4 jamoasi ishtirok etadi

Futbol
12 iyul, 04:56
Eslatib o‘tamiz, reyting rasman oxirgi marta 11 iyun kuni yangilangan.
Birinchi marta JCH yarimfinalida FIFA reytingining TOP-4 jamoasi ishtirok etadi
Foto: Getty Images

Futbol bo‘yicha jahon chempionati tarixida ilk bor yarimfinalga Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) reytingining TOP-4 jamoasi chiqdi.

Yarimfinallarning birinchisida reytingning yetakchisi Fransiya (1948,97), uchinchi pog‘onadagi Ispaniya bilan (1934,79) bahs olib boradi.

Ikkinchi yarimfinalda esa ikkinchi o‘rindagi Argentina (1943,47) Angliya milliy jamoasi bilan bahs olib boradi. Ma’lumot uchun, inglizlar reytingda to‘rtinchi o‘rinda (1889,42).

JCH-2026 Meksika, Kanada va AQSHda o‘tayotgan mundial 19-iyulgacha davom etadi. Amaldagi chempion Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

25+ izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar