Argentina milliy jamoasi hujumchisi va sardori Lionel Messi jamoadoshi Xulian Alvaresning jahon chempionati 1/4 finali doirasidagi Shveysariyaga qarshi bahsdagi (3:1) g‘alaba goliga munosabat bildirdi.
Ma’lumot uchun, Alvares 112-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
«U fantastik gol urdi va bu birinchi marta emas. U bir necha bor shunga o‘xshash gollar urgan.
Uning o‘ziga xos zarbasi bor va buni uzoq vaqt davomida «Atletiko» Madridda ham ko‘rsatgan. O‘tgan mavsumda Alvares juda ko‘p shunday gollar urdi. Natijadan, uning va Lautaroning golidan juda ham mamnunman. Ularning har ikkisi gol urishi bizga juda kerak edi. Bu amalga oshganidan juda xursandman», — dedi Messi Shveysariyaga qarshi o‘yindan so‘ng.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi